Aziz mehmon!
Erasmus+ DSinGIS loyihasining veb-saytiga xush kelibsiz!
Loyihaning maqsadi – Geoinformatika orqali O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlashdir.
Mazkur veb-sayt orqali sizlarga avvalgi GE-UZ hamda yangi DSinGIS loyihalarining maqsadlari haqida ma’lumot berib boramiz. Shuningdek, loyihaning Yevropa va O’zbekistondagi hamkorlari haqida ma’lumot olishingiz; asosiy tadbirlar (seminarlar, yozgi maktablar va h.k.) va ularning natijalarini kuzatishingiz; elektron o’quv materiallari va DSinGIS loyihasi bilan bog’liq boshqa materiallari bilan tanishishingiz mumkin.
Saytimiz orqali loyihaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini kuzatib boring.
Navbatdagi tadbirlar:
1. Geoinformatika bo‘yicha yozgi maktab, Qoraqalpog’iston, O’zbekiston, 2020 yil 23-27 may.
2. Loyihaning yakuniy yig’ilishi, Toshkent, O’zbekiston, 2020 yil 29-31 may.